Follow

Follow
Rust dasturlash tili haqida

Rust dasturlash tili haqida

Yoxud nega rust tilini o'rganishingiz kerak?

Mukhammadyusuf Abdurakhimov's photo
Mukhammadyusuf Abdurakhimov
·Dec 30, 2022·

3 min read

Table of contents

  • Rust Bugungi kunda!
  • Sizdan nimalar kutilmoqda?
  • Rust haqida
  • Rust tilida nimalar ishlab kelmoqda? (Showcase)
  • Foydali havolalar

Rust Bugungi kunda!

Dasturlash tilidan nimalarni qidirasiz? Tanlash uchun bir nechta tillar mavjud, ularning barchasi turli xil yo'nalishlar uchun optimallashtirilgan. Agar unumdorlik va ishonchlilik ro'yxatingizning boshida bo'lsa, Rust o'rganish uchun ajoyib dasturlash tili. U sizga tez ishlaydigan, samarali dasturlarni yozish imkonini beradi va u xotira uchun xavfsiz bo'lib, umumiy xatolarning oldini olish uchun tuzilgan. Aynan shuning uchun kod yozayotganingizda o'zingizni yaxshi(confident) his qilasiz.

Ushbu xususiyatlar, ajoyib toollar, qulay dokumentatsiya va mehmondo'st hamjamiyat, Rust dasturlash tilinini developerlarning eny sevimli tiliga aylantirdi.

Rust quyi darajadagi tizimlarni dasturlash uchun juda mos keladi, lekin Rust bu bilan cheklanib qolmagan, undan veb-ilovalar va tarmoq xizmatlaridan tortib desktop dasturlar va embeded dasturlargacha yozishingiz mumkin bo'ladi.

O'zbekistonlik dasturchilar hozirda rust orqali osmon nomli dasturlash tili ustida ishlab kelishyapti...

Mening Mukhammadyusuf va men sizni Rust bilan dasturlashni boshlashingizda yordam beraman.

Keling endi darsimizni boshlasak.

Sizdan nimalar kutilmoqda?

  • Ushbu darslarni o'qib o'rganishingiz uchun umuman rust bilmasangiz ham bo'ladi.

  • Oldin boshqa dasturlash tilini o'rgangan bo'lsangiz, darslarimiz sizga osonroq bo'lishi mumkin ammo boshqa tilni bilishingiz shart emas, barcha 0dan to oxirigacha aniq va lo'nta tushuntirib boriladi.

  • Agar tajribali dasturchi bo'lsangiz bu maqolalarimizni yarmiga qadar o'zingizni erkin his qilishingiz mumkin ammo rust dasturlash tili boshqa dasturlash tillaridan farq qiladi shuning uchun bu seriyalarning 2-yarmidan boshlab siz uchun ham yangliklar topilishi mumkin

  • Rust dasturlash tili boshlanishiga o'rganish uchun qiyin tilga o'xshashi mumkin, ha albatta rustni o'rganish oson emas lekin bu uni qiyinligini isbotlab bera olmaydi, ya'ni u o'rganish uchun juda qiyin ham juda oson ham emas.

Dasturlash tilini o'rganayotganingizda, dasturlash tilining sintaksisi (syntax) unaqa katta ahamiyatga ega emas, eng ahamiyatlisi bo'lsa to'g'ri fikrlashni bilishdir.

Maqolalarimizda aynan shu narsaga iloji boricha urg'u berishga harakat qilaman.

Rust haqida

Rust, nega hamma bu tilni bunchalar yaxshi ko'radi? Keling u haqida bir necha faktlarga e'tibor beramiz.

  • 2010 yilda Rust Mozilla kompaniyasi tadqiqot loyihasi sifatida yuzaga keladi

  • Rust open-source quyi darajadagi dasturlash tili bo'lib uning sintaksisi C++ ni eslatadi

  • Rust yillar davomida boshqa tillardagi kamchiliklarni o'rgangan holda samaradorligi, ishonchliligi va xavfsizligi bilan boshqa dasturlash tillaridan ajralib turadi.

  • C++ singari, Rust ham kompilyator dasturidan foydalanib, siz yozgan manba kodini oladi va uni tizimda mahalliy ravishda ishlashi mumkin bo'lgan mashina kodiga aylantiradi. Bu degani, Rust dasturlari C++ juda tez va samarador ishlashi va ba'zi hollarda undan ham yaxshiroq ishlashi mumkin.

  • Rust Statically va Strongly typed dasturlash tili (Bu haqida keyingi maqolalarda ma'lumot berib boramiz).

Unda Rustni nima rust qiladi?

  • Bunga javoblarda biri bu Memory Management ya'ni xotira menejmenti, C++ dasturlash tilda ishlab ko'rgan har qanday insonda xotira bilan ishlashda muammolar yuzaga kelgan bo'lsa kerak albatta, rust esa bu muammoni kompilyatorga yuklagan.

  • Kompilyator xotiraga murojatlarni to'g'riligini o'zi tekshiradi va bu Rust dasturlarini xotira jihatidan xafsizligini taminlaydi (memory safe by default).

  • Yanayam qizig'i rust dasturlari avtomatik tarzda runtime performace tushmaydiga bo'lib qoladi...

Nimasi yomon (Primerno)?

  • Rust dasturlash tilida kod yozyotganingizda boshqa tillarga nisbatan boshqacha fikrlashingizga to'g'ri keladi.

Rust C++ni o'rnini egallaydimi?

Javobim: Ha va Yo'o'q. Sababi C++ da yozilgan shunday dasturlar borki ularning yoshi rustni yoshidan kattaroq, ammo bugungi kunda juda ko'p kompaniyalr Rust dasturlash tiliga o'tib bormoqda!

Rust tilida nimalar ishlab kelmoqda? (Showcase)

  • Mozilla kompaniyasi, mozilla brouseri yadrosini rust dasturlash tilida qaytadan yozib chiqqan.

  • 2021 yilda Google Rustni Android Operatsion tizimida ishlata boshladi (Maqola)

  • Bundan tashqari Rust hozirda Linux Kernelida ishlatilishni boshladi (Maqola)

  • O'zbekistonlik dasturchilar Rust dasturlash tili yordamida osmon nomli dasturlash tili ustida ishlab kelishmoqda. (Batafsil: osmon.dev)

  • Quyidagi GitHub havolada Rust orqali yozilga minglab open source loyihalarni ko'rishingiz mumkin: https://github.com/rust-unofficial/awesome-rust

Foydali havolalar

O'zbek Rust dasturchilari hamjamiyati:

Did you find this article valuable?

Support Mukhammadyusuf Abdurakhimov by becoming a sponsor. Any amount is appreciated!

See recent sponsors Learn more about Hashnode Sponsors
 
Share this