Photo by Priscilla Du Preez on Unsplash
Haqiqat, dasturlashni dasturlash uchun o'rganish va bizness/startup uchun o'rganishda katta farq bor...
Buni MAKE kitobidan olgan insight'im desa ham bo'ladi.
Istalgan g'oyani oling, zamondan ortda qolganmi, eng oxirgi texnologiyami, php'mi yoki ruby balkim python, hecham ahamiyatsiz hammasida ham siz o'ylagan g;oyani amalga oshirish mumkin.
Biz bu kanalda juda ko'p dasturlash tillarini rank qilganmiz, bu albatta oxir oqibat entertaining kontent ekanligini eslatib o'tmoqchimn.
Aytaylik jQuery'ni deyarli hech kim ishlatmay qo'ygan, well haliyam ishlatishadi lekin juda kam gapiriladigan bo'lgan. Lekin siz bilgan Asaxiy.uz internet dokoni frontend qismida haliyam shu jQuery ishlatiladi.
TL;DR -- Gapni indallosiga o'tsam
Bugun hammada g'oyalar bor, startuplar validatsiyasiz yillab yasalayotgan bir vaqtda (katta xato), g'oyani tez validatsiya qilish va bozorga tezroq chiqib agar fail bo'lsa tezroq fail bo'lish business oriented dasturlash bo'ladi...
Keling 1ta g'oya olamiz, insonlarni eksi kitoblarini sotish platformasi yoki bepul hayriya...
-- G'oya ishlaydimi yo'qmi bilmaysiz.
Siz aytaylik faqat nodejs dasturchisiz, atrofingizdagi hamma, deyarli hamma React/Vue orqali frontendni alohida va nodejsda balikm siz expressjs bilarsiz, va hozir typescript bilan nestjsda code yozish ancha stable deb maqtashyapti.
-- Dasturchi bo'lib fikrlassh sizga qimmatga tushadi. Siz borib NestJS ni o'rganasiz, xuddi shu kichkinagina dasturni yasash uchun, yomon keyslarda komanda qilib balkikm frontendchi ham qidirarsiz, o'zingizni aldamang! Siz dasturlashni o'rganishga kirishyapsiz, produkt qurishga emas.
Aslini olganda soddagina nodejs dagi bilimlaringiz bilan shu dasturni prototipini yasab qoya olasiz, oylab yangi texnologiyalrni o'rganishning keragi yo'q.
Express va shunchaki EJS templatelar ham yetarli, yo'q siz SpaceX qurishingiz kerak ๐
----
Yana bitta TL;DR
- Startup'ga qaratilgan dasturchi o'zi eng yaxshi biladigan texnologiylarda foydalanadi, shunda zo'rmi yomonmi g'oyasini test qilaoladi
- Injiner, muxandis yoki kompaniyalarda asosiy ishi dasturchilik bo'lganlar eng oxirgi "so called" til yoki texnologhiyadan foydalanishga harakat qiladi.